Toshkentda xalqaro go‘zallik ko‘rgazmasi - Beautyworld Central Asia rasman ochildi!
Toshkentda xalqaro go‘zallik ko‘rgazmasi - Beautyworld Central Asia rasman ochildi!
Loyiha Messe Frankfurt shafeligida o‘tkaziladi va BMCA Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan.
➤ Tadbir Turkiya, Vengriya, Yaponiya, BAA, Koreya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Xitoy, Germaniya kabi 15 mamlakatdan 130 ta yetakchi ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va distribyutorlarni, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kompaniyalarini birlashtirdi.
✓ Butun maydon bo‘ylab o‘nlab B2B uchrashuvlari va muzokaralari o‘tkazilib, distribyutorlar, brendlar, salonlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
✨ Beautyworld Central Asia terini parvarishlash, sochlarni parvarish qilish, atirlar, professional kosmetika, salon jihozlari va estetik dori vositalari mahsulotlarini taqdim etadi. Ko‘rgazmada yirik xalqaro brendlar va faol mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda. ➤ Bir qator ekspertlar panel sessiyalari biznes dasturining asosiy yo‘nalishlarini belgilab, sohaning asosiy tendensiyalari va innovatsion yechimlarini taqdim etdi. Ma’ruzachilar orasida Mcosmetics, Wildberries va Krygina Cosmetics kompaniyalari bo‘lib, ular xalqaro tajriba va rivojlanish strategiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
➤ Ayniqsa, vizajist Nazima Jo‘rayevaning bugungi kundagi pardoz usullari va 2025-yilning asosiy tendensiyalarini taqdim etgan sessiyasi diqqatga sazovor bo‘ldi.
️ Schwarzkopf Professional kompaniyasi mutaxassislari soch parvarishi va bo‘yash sohasidagi yangiliklarni namoyish etib, tomoshabinlarning katta e’tiborini tortgan yangi professional yechimlarni taqdim etdilar.
✨ Oldinda yana ikkita yorqin kun kutmoqda! Eng yaxshi vizajistlar va sohaning yetakchi mutaxassislaridan yangi panel muhokamalari, mahorat darslari va taqdimotlarni kuting.
Bizga qo‘shiling - u ilhomlantiruvchi, mazmunli va chiroyli tarzda amalga oshiriladi!