Ko'rgazma yangiliklari

Beautyworld Central Asia 2025 — ko‘lam, energiya va rekord darajadagi qiziqish!

Toshkent, O‘zbekiston — 22 noyabr 2025
O‘tkaziladigan joy: Central Asian Expo (CAEx), Toshkent

Beautyworld Central Asia 2025 Toshkentda yakunlandi: uch kunlik ilhom, professionallik va xalqaro hamkorlik

22 noyabr kuni Toshkentda xalqaro ko‘rgazma Beautyworld Central Asia 2025 muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbir go‘zallik, salomatlik va parfyumeriya sanoati uchun mintaqadagi eng muhim voqeaga aylandi. Uch kun davomida ko‘rgazma 15 davlatdan kelgan 130 ta yetakchi ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va distribyutorlarni birlashtirdi hamda Markaziy Osiyo bozori uchun so‘nggi global tendensiyalar va innovatsiyalarni taqdim etdi.
Ko‘rgazmada Turkiya, Vengriya, Yaponiya, BAA, Koreya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Tailand, Rossiya, Xitoy, Germaniya, shuningdek Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kompaniyalar ishtirok etdi. Ekspozitsiya kosmetika, parfyumeriya, parvarish vositalari, professional uskunalar, qadoqlash va ingredientlar bo‘yicha keng assortimenti bilan ajralib turdi.

Raqamlar va natijalar

  • 15 davlatdan 130 kompaniya
  • 40 davlatdan 4 000+ professional tashrif buyuruvchilar
  • 1000+ ta B2B uchrashuvlar, muzokaralar va imzolangan kelishuvlar
  • Xalqaro spikerlar ishtirokidagi boy ishbilarmonlik va ta’lim dasturi
Beautyworld Central Asia 2025 biznes maydonchasi bo‘lish bilan birga, ilhom, tajriba almashinuvi va professional rivojlanish makoniga aylandi.

Ta’limiy va ilhomlantiruvchi dastur

Uch kun davomida Beautyworld Central Asia doirasida go‘zallik industriyasining asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan master-klasslar, ma’ruzalar va ekspert sessiyalari o‘tkazildi.
Ma’ruzachilar orasida Mcosmetics, Wildberries, va Krygina Cosmetics vakillari bo‘lib, ular xalqaro bozorlarda ishlash tajribasi, rivojlanish strategiyalari va zamonaviy beauty-kontseptsiyalar yaratish bo‘yicha fikrlarini bo‘lishdi.
Vizajist Nazima Juraeva 2025 yil uchun aktual bo‘lgan makiyaj texnikasi va tendensiyalarini taqdim etdi. Schwarzkopf Professional mutaxassislari soch parvarishi, bo‘yash texnologiyalari va professional salon vositalarini namoyish qildi.
Alohida sessiyalar yetakchi mutaxassislarning mualliflik yondashuvlari bilan boyitildi:
  • Zara Yuldasheva — doimiy makiyaj ustasi, yuz estetikasiga zamonaviy yondashuvlarini taqdim etdi.
  • Karolina Gorodnyaya — vizajist, “Jonli ayol” ma’ruzasi bilan ishtirok etib, o‘zini qabul qilish, ichki uyg‘unlik va tabiiy go‘zallik mavzularini yoritdi.
  • Muazzam Juraeva — top-vizajist, ko‘p yillik tajribaga asoslangan parvarish va tiklash bo‘yicha mualliflik texnikalarini taqdim etdi.
Tadbirning yakuniy qismida O‘zbekiston Sartaroshlar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Sartaroshlik va dekorativ kosmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tdi. Ko‘plab ustalar va stilistlar o‘z ijodiy va texnik mahoratini namoyish qildi. G‘oliblar diplomlar va hamkorlar tomonidan maxsus sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro kollektiv pavilyonlar

Ko‘rgazmada dunyoning turli mintaqalarini ifodalagan yirik xalqaro pavilyonlar ishtirok etdi:
  • Rossiya pavilyoni — kosmetika, parvarish vositalari va professional uskunalar
  • Yevropa pavilyoni — premium darajadagi kosmetika va parfyumeriya
  • Xitoy pavilyoni — kosmetika ishlab chiqarish, aksessuarlar, qadoqlash va kontrakt ishlab chiqarish
  • Turkiya pavilyoni — tabiiy parvarish vositalari, parfyumeriya, salon va SPA mahsulotlari
Bu pavilyonlar mehmonlarga dunyo bo‘ylab keng assortimentni ko‘rish va O‘zbekiston bozorida ilgari bo‘lmagan brendlar bilan tanishish imkonini berdi.

Messe Frankfurt qo‘llab-quvvatlovidagi xalqaro platforma

Ko‘rgazma Business Media Central Asia (BMCA) tomonidan tashkil etiladi — Messe Frankfurt GmbHning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakili.
Beautyworld Central Asia — Dubay, Tokio, Ar-Riyod, Fukuoka va boshqa shaharlardagi yirik beauty-ko‘rgazmalarni birlashtirgan global Beautyworld tarmog‘ining bir qismi.
“Beautyworld Central Asia biznes, ilhom va ijodkorlikni bir maydonchada jamladi. Mintaqaga bo‘lgan qiziqish katta va kelasi yili ko‘rgazma formatini yanada kengaytiramiz,”
Dilfuza Samandarova, Business Media Central Asia direktori

Markaziy Osiyo — go‘zallik industriyasi uchun yangi markaz

Beautyworld Central Asia 2025 Toshkentning global beauty industriyasi rivojlanishidagi yangi markaz sifatidagi rolini yana bir bor tasdiqladi.
Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, bayyerlar, vizajistlar va ekspertlarni bir maydonda jamlab, hamkorlik va yangi loyihalarga ilhom berdi.

Keyingi ko‘rgazma — 19–20 noyabr 2026

Tashkilotchilar Beautyworld Central Asia 2026 uchun tayyorgarlikni boshladi. Ko‘rgazma noyabr oyida CAEx maydonida o‘tkaziladi va yanada kengroq va yorqinroq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘tkaziladigan joy: Central Asian Expo (CAEx), Toshkent
Sanalar: 20–22 noyabr 2025
Sayt: www.beautyworld.uz

Foto galereyasi: shu yerda
2025-11-25 14:37